
Bugun Yaxshiboev va Umarovning jamoasi o‘ynaydi
Bugun Belarus chempionatida 4-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev hamda Shaxboz Umarov faoliyat olib boradigan "Energetik-BGU" klubi bu tur "Torpedo-BelAZ" mehmoni bo‘ladi.
Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadigan bellashuvni "Match TV" telekanali orqali jonli efirda tomosha qilish imkoniga egasiz.
Quyida bugungi uchrashuvlar anonsini ilova qilamiz.
16:00 "Slutsk" - "Vitebsk" | "Match TV"
18:00 "Torpedo-BelAZ" - "Energetik-BGU" | "Match TV"
20:00 "Gorodeya" - "Dinamo" Minsk | "Match Futbol 1".
Fikrlar