Bugungi chempionlik o‘yinida Yaxshiboevdan qahramonlik kutishmoqda

  • 7 noyabr, 2020, 13:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus chempionatining oliy ligasida 28-tur o‘yinlari o‘tkazilmoqda. Bugun Soligorskda bo‘ladigan “Shaxtyor” va BATE o‘rtasidagi bellashuv mavsumning eng muhim va markaziy uchrashuvi maqomida o‘tadi. Bu o‘yin amalda yangi chempion nomiga oydinlik kiritishi kerak. Chunki chempionat yakunlanishiga uchta uchrashuv qolgan bir paytda BATE 53 ochko bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi. Borisovliklardan bir ochko kam jamg‘argan “Shaxtyor”ni o‘z maydonidagi o‘yinda faqat g‘alaba qoniqtiradi.

Tecno

Chempionatning oxirgi ikki uchrashuvida g‘alaba qozonish BATEga ham, “Shaxtyor”ga ham muammo tug‘irishi kerak emas.

“Shaxtyor” Belarus futbolining etakchi klublari qatorida e’tirof etilsa-da, faqat bir marta chempion bo‘lgan. Yagona chempionligini 15 yil avval nishonlagan soligorskliklar g‘alaba nashidasini rosa sog‘ingan va bu galgi bosh sovrin masalasini ijobiy hal qilish “Shaxtyor” futbolchilarining qo‘lida.

BATE chempionlik bo‘yicha Belarus rekordchisi. Borisovliklar jami 15 marta mamlakat chempioni bo‘lgan. To‘rt bora Belarus kubogini boshi uzra ko‘targan. Etti marotaba Superkubok sohibiga aylangan.

Har ikki klub Evropakuboklardagi muvaffaqiyatsizligidan keyin bosh murabbiyni almashtirdi. “Shaxtyor” boshqaruvini qo‘lga olgan ukrainalik mutaxassis Roman Grigorchuk faoliyatini Latviyaning “Dinaburg” jamoasida boshlagan. Ushbu mamlakatning “Ventspils” jamoasini uch marta chempion qilgan.

DmVc1nieoeM

Keyinchalik Ukraina, Ozarbayjon va Qozog‘iston klublarini muvaffaqiyatli boshqargan. Uning qo‘l ostidagi jamoalar  muntazam sovrinli o‘rinlar uchun kurashgan va Evropa Ligasi musobaqalarida qatnashgan.

Hozir BATE bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlayotgan Aleksandr Lisovskiy muhim va katta uchrashuvlarda jamoani boshqarish tajribasiga ega emas. U kutilmaganda ishni tashlab ketgan Kirill Alshevkiydan qolgan jamoani mavsum oxirigacha etkazib qo‘yishi kerak.

Chempionlik uchrashuvi doirasida ikki jamoa to‘purarlari to‘qnashuvi ham ko‘pchilikning e’tiborida turibdi. Borisovliklarning tajribali hujumchisi Maksim Skavish ikkinchi davradagi golli seriyalari evaziga 17 ta to‘p bilan birinchi o‘ringa chiqib oldi.

“Shaxtyor” to‘purari Jasur Yaxshiboev raqobatchisini oldinga o‘tkazib yuborganiga qaramay, “Belshina”ga qarshi oxirgi o‘yinda uchta to‘p kiritib, Skavishga maksimal darajada yaqinlashib oldi. Hozircha hamyurtimiz hisobida 16 ta gol bor.

8VpgTBy1Mss

Bugun chempionlik masalasini hal qilishga bel bog‘lagan jamoalarning maqsadi amalga oshishi ko‘p jihatdan g‘alabani ta’minlovchi gollarni urishi kerak bo‘lgan Jasur Yaxshiboev va Maksim Skavishning mahoratiga va o‘yiniga ham bog‘liq bo‘ladi.

“Shaxtyor” va BATE o‘rtasidagi hal qiluvchi bahs Toshkent vaqti bilan 21:00da boshladi.

Yaxshiboevga yordam kerak!

Yaxshiboev hech qachon taslim bo‘lmaydi yoxud Jasurdan super xet-trik!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!