BUM! "An-Nasr" "Real" yulduziga rad etib bo‘lmaydigan taklif berdi

  • 24.01.2023 10:52
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

"Real" etakchisi Luka Modrich faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Ramon Alvares tarqatgan xabarga ko‘ra, "An-Nasr" xorvatiyalik yarim himoyachini o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun jiddiy bel bog‘lagan. Ar-Riyod jamoasi unga 40 million evro maosh ko‘rsatilgan ikki yillik shartnoma taklif etmoqda.

O‘z navbatida, Lukaning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi kelishuvi 2023 yilning iyun oyida yakuniga etadi. "Qirollik klubi" rahbariyati unga yangi bitim berish variantiga shubha bilan qarayapti. Sabab sifatida uning yoshi 37 da ekani ko‘rsatilmoqda.

Avvalroq, "An-Nasr" madridliklarning boshqa bir yulduzi Eden Azarni sotib olmoqchi ekani xabar qilingandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!