
Bunaqa maosh evaziga ketsang arziydi!
“Manchester Siti” rahbariyati hali ham “Tottenxem” hujumchisi Harri Keynni transfer qilish fikridan qaytgani yo‘q.
“Shaharliklar” Angliya terma jamoasi hujumchisi ularning safiga keladigan bo‘lsa, unga yiliga katta maosh to‘lamoqchiligini ma’lum qildi.
“Manchester Siti” xo‘jayinlari 28 yoshli futbolchiga yillik maoshi 21 million evro bo‘lgan besh yillik shartnoma tayyorlamoqda.
Ayni paytda Harri Keynning “Tottenxem” bilan yana uch yillik shartnomasi bor. Londonliklar o‘z hujumchisini 150 million funt atrofida baholamoqda.
Fikrlar