Bunaqa o‘yinchi kerakmas! Frantsuzlar “Barsa” yulduzini qaytarib beradi
Frantsiya chempionatida ishlari u qadar yurishmayotgan “Monako” klubi yozda mavsum boshida “Barselona”dan ijaraga olingan hujumchi Ansu Fatini to‘liq transfer qilmaydigan bo‘ldi.
Bunday qaror qabul qilinishiga 23 yoshli futbolchining doimiy jarohatlari asosiy sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Bu haqda Dailysports nashri qator nufuzli manbalar bilan hamkorlikda ishlayotgan jurnalist Romen Molinaga tayanib xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Fatining “Monako”dagi taqdiri bo‘yicha qat’iy pozitsiya shakllanib bo‘lgan. Klub ispan futbolchisining yosh bo‘lishiga qaramay, jarohatlarga moyilligi va shartnoma bo‘yicha yuqori talablari Fatining “Barselona”dan “Monako”ga doimiy transferini amalga oshishi borasidagi umidlarni yo‘qqa chiqardi.
Ansu Fati o‘tgan yozda “Monako”ga bir yillik ijara asosida kelib qo‘shilgan idan beri hozirgacha 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, olti marta gol urdi. Biroq joriy yilning dekabr oyida u son mushaklaridan jarohat oldi va hozirgacha tiklanish jarayonini o‘tamoqda. Uning maydonga qachon qaytishi hali noma’lum.
Fikrlar