Bunaqasi APL tarixida bo‘lmagan edi
"Tottenxem" forvardi Xarri Keyn bugun bo‘lib o‘tgan "Sautgempton"ga (5:2) qarshi o‘yinda noyob natija qayd etdi.
Keyn shu kuni koreyalik jamoadoshi Son Xin Minning barcha 4 ta goliga assistentlik qildi. E’tiborlisi, premer-liga tarixida bir futbolchi bitta jamoadoshining 4 ta goliga assistentlik qilgani ilk bor qayd etilmoqda.
27 yoshli Keyn “Tottenxem” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida “shporlar” safida jami 289 ta o‘yinda maydonga tushdi va 189 ta gol hamda 30 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.



Fikrlar