Bunaqasi APLda 16 yil avval bo‘lgandi...
Xabaringiz bor kecha Angliya premer-ligasining 14-turida “Chelsi” o‘z maydonida hamshahari “Vest Xem”ni qabul qildi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Ta’kidlash kerakki, “aristokratlar” ushbu uchrashuvda raqiblariga nisbatan birorta ham qoida buzishmadi. Aksincha, “bolg‘achilar” 16 marta qo‘pollik ishlatishdi.
E’tiborlisi, bunday holat so‘nggi bor 2003/04 yilgi mavsumda “Vulverxempton” hamda “Brayton” (0:2) jamoalari bahsida kuzatilgan edi.

Fikrlar