
Bunaqasi bo‘lmagan: Ispancha rekord!
Germaniya maydonlari mezbonlik qilayotgan Evropa chempionatida Ispaniya terma jamoasi birinchi bo‘lib finalga chiqdi.
Ispanlar yarim final bahsida kuchli raqib – Frantsiya terma jamoasini 2:1 hisobida taslim qildi. Bu g‘alaba “Furiya roxa”ga yangi rekordni keltirdi.
Ispaniya terma jamoasi yirik musobaqalarda ketma-ket oltita uchrashuvni asosiy vaqtdayoq o‘z foydasiga hal qilgan birinchi jamoaga aylandi.
Bosh murabbiy Luis de la Fuente shogirdlari Evropa chempionati davomida Xorvatiya, Italiya, Albaniya, Gruziya, Germaniya va Frantsiyani asosiy vaqtda engib, finalga etib keldi.
Ispaniyaliklarda bu ko‘rsatkichni yana bittaga yaxshilash imkoni bor. Buning uchun ular final bahsining asosiy vaqtida g‘olib chiqishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar