Bunaqasi bo‘lmagan: Saloh bittadan beshta sovrin egasi bo‘ldi

  • 20 avgust, 08:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning chempion bo‘lishiga ulkan hissa qo‘shgan Muhammad Saloh chempionlik mavsumi bo‘yicha jami beshta individual sovrinni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Squawka statistik portali ma’lumotiga ko‘ra, misrlik to‘purar bu natija erishgan Angliya chempionatlari tarixidagi yagona o‘yinchiga aylandi.

Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi  (PFA) Muhammad Salohni yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini bilan taqdirladi.

Bundan tashqari, 33 yoshli yulduz 2024-2025 yil yakunlari bo‘yicha APL to‘purari sifatida “Oltin butsa”, APL eng yaxshi pleymeykeri, Angliya chempionatining eng yaxshi futbolchisi, Angliya futbol jurnalistlari assotsiatsiya talqini bo‘yicha yil o‘yinchisi uchun atalgan sovrinlarni o‘zini qildi.

Muhammad Saloh chempionlik mavsumida chempionatning 38 ta uchrashuvida o‘z hisobiga 29 ta gol, 18 ta assist yozdirib qo‘ydi va jamoa muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘shdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!