
Bunaqasi Lukakuning faoliyatida birinchi marta sodir bo‘ldi
“Inter” hujumchisi Romelu Lukaku kecha “Xetafe”ga (2:0) qarshi bo‘lib o‘tgan Evropa ligasining 1/8 final javob bahsida o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Belgiyalik futbolchi o‘zining joriy mavsumdagi gollari sonini 30 taga etkazib oldi. E’tiborlisi, u bunday natijaga faoliyatida birinchi marta erishdi.
Qolaversa, “Inter” safida so‘nggi marta bir mavsumda 30 tadan ortiq golni 2010/11 yilgi mavsumda Samyuel Eto’O kiritgan edi.
Fikrlar