Bunaqasi Messining faoliyatida ikkinchi marta sodir bo‘ldi
Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi faoliyatida ikkinchi marta “Oltin to‘p” sovrini uchun nomzodlarning kuchli uchligiga ham kira olmadi.
Ta’kidlash kerakki, 31 yoshli argentinalik futbolchi bilan bunday holat so‘nggi bor 2006 yilda sodir bo‘lgan edi. Shundan so‘ng u 5 marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, bu safargi “Oltin to‘p” xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrichga nasib etdi. Messi esa 5-o‘rinda qayd etildi.

Fikrlar