Bundan roppa-rosa 15 yil muqaddam Ibragimovich futbol tarixidagi eng chiroyli gollardan birini kiritgan edi (video)

  • 23 avgust, 2019, 18:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bundan roppa-rosa 15 yil muqaddam, aniqrog‘i 2004 yilning 22 avgust kuni shvetsiyalik mashhur hujumchi Zlatan Ibragimovich “Ayaks” safida Gollandiya chempionatining “Breda” (6:2) klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda futbol tarixidagi eng chiroyli gollardan biriga mualliflik qilgan edi.

O‘sha uchrashuvda u jarima maydoni yaqinida sheriklaridan to‘pni qabul qilib olib yarim jamoani aldagan holda raqib darvozasini ishg‘ol etgan edi. Quyida ushbu golni yana bir bor ko‘rib zavqlanamiz:

Ma’lumot uchun, Ibragimovich "Ayaks" safida 2001-2004 yillarda to‘p surdi va 110ta o‘yinda maydonga tushib, 48ta gol hamda 15ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Keyinchalik u "Yuventus", "Inter", "Barselona", "Milan", PSJ va "Manchester Yunayted" kabi grand jamoalarda o‘ynadi. U hozirda "Los-Andjeles Gelaksi" klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!