“Bundan yomoni bo‘lishi mumkin emas”. “Bavariya”—”Real” uchrashuvini boshqargan hakam ekspertlar tomonidan tanqid qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda futbol hakamlarining faoliyatini tahlil qiluvchi Archivo VAR “Bavariya” — “Real” oʻrtasidagi uchrashuvni boshqargan referi Slavko Vinchichga eng past baho berdi. Sloveniyalik hakam Archivo VAR tomonidan 10 dan 1 ballga loyiq koʻrildi.
“Slavko Vinchichdan navbatdagi halokatli hakamlik. Bundan yomon boʻlishi mumkin emasdi. Anchadan beri muhim oʻyinlarni uddalay olmayotgan sloveniyalik hakam barcha mumkin boʻlgan epizodlarni oʻtkazib yubordi. U ikkita jiddiy xatoga yoʻl qoʻyib, ikkita golga sababchi boʻlib qoldi, Kamavinga toʻpni bir necha soniya ushlab turgani uchun ikkinchi sariq kartochka taqdim etdi - bu harakat uchun Chempionlar Ligasida hech qachon oʻyinchi chetlatilmaydi va ancha aniqroq toʻqnashuvlarni eʼtiborsiz qoldirib, kichik toʻqnashuvlar uchun qoidabuzarliklarni qayd etdi. Bu halokat!”, – deb yozadi Archivo VAR.
Eslatib oʻtamiz, EChL nimchorak bosqichida “Bavariya” hamda “Real” toʻqnash kelishdi. Ikki oʻyin hisobiga koʻra, myunxenliklar 6:4 hisobida zafar quchishdi.

Fikrlar