"Bunday bosimda to‘p surish yoqimli, balki "Navbahor"ning "sehrli tayoqchasi"dirman"

  • 3 sentabr, 2022, 10:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor” – “Paxtakor” o‘rtasidagi o‘yinning ikkinchi qismi ham juda dolzarb edi va kutilganidek yuqori darajani ko‘rsatib berdi. Avgust oyi oxirlarida ikkala “tanishlar” chempionat doirasida Namanganda bellashishdi. Ammo unda g‘oliblik hech kimga nasib qilmagan va kuchlar teng kelib qolgandi.

Tecno

O‘zbekiston Kubogi 1\4 finalidagi qarama-qarshilik ushbu jamoalar olishuvining ikkinchi qismi edi. Shu bois ular o‘rtasidagi kurash hali nihoyasiga etmagandi. Bu shunday o‘yin ediki, unda durang bo‘lishi mutlaqo mumkin emasdi. Albatta, yo “Navbahor”, yo “Paxtakor” yutishga majbur edi. Azaliy raqiblarning ketma-ket ikki marta to‘qnash kelishi ham aslida futbolchilar uchun qiyin edi. Ammo uchrashuv zo‘r muhitda o‘tdi. Jamoalarga ajoyib o‘yin uchun rahmat aytsak arziydi. Ayniqsa, “Navbahor” bu borada tahsinga loyiq. Samvel Babayan jamoasi “Paxtakor”ga qarshi 28 avgust kungi o‘yinga nisbatan bu safar ancha tartibli va kuchli o‘yin namoyish etdi. “Paxtakor”dan ko‘p jabhada ustun kelgani yaqqol ko‘rindi.

doniyor2

Bu yakunda natijada ham o‘z aksini topdi. Namanganliklarning har bir futbolchisi g‘alabaga munosib hissasini qo‘shishdi. Zaxiradan maydonga tushirilgan futbolchilar ham o‘yinni kuchaytirishdi. Bu borada Samvel Babayan to‘g‘ri tanlovlarni amalga oshirgani ko‘rindi. Ayniqsa, qisqa fursat ichida namanganlik muxlislarning yoqimtoyiga aylanib ulgurgan Doniyor Abdumannopov yangi jamoasining o‘yiniga moslashdi. Bosh murabbiy uni har o‘yinda zaxiradan uchrashuvga qo‘shyapti va tabiiyki, jamoasining o‘yinini sezilarli darajada kuchaytirmoqda. “Paxtakor”ga qarshi Kubok bahsida ham Doniyor yana zaxiradan tushdi. “Navbahor” yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lgach, Abdumannopov taassurotlari bilan bo‘lishdi.

“Navbahor” muxlislarini, klub rahbarlarini, futbolchilarni, hamma-hammani g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin haqida to‘xtalsam, barcha biladiki, “Paxtakor” O‘zbekistonning ko‘p karra chempioni. Yaxshi jamoa. Kuchlar teng edi. Biz bu uchrashuvda murabbiyimizning ko‘rsatmasini bajardik. Samvel Vyacheslavovich oldingi uchrashuvda yo‘l qo‘ygan xatolarimizni ko‘rib chiqdi va bizga yaxshilab qanday o‘ynashimiz zarurligini tushuntirgandi. Maydonga chiqib, barcha ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajardik deb o‘ylayman. Shuning uchun g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldik".

doniyor

Yuqorida bejizga aytmadik, Abdumannopov ikkinchi bo‘limda maydonga tushirilyapti va jamoasining o‘yinini yanada jonlantirishda qo‘l kelyapti. Bu orqali Babayan o‘yin davomida ritmni oshirish uchun yangi qon quyib turibdi. Natijada Abdumannopov masalasida shunday fikr shakllanyapti: u “Navbahor”ning “sehrli tayoqcha”simi? Garchi gol urmagan bo‘lsa-da, jamoa o‘yinini kuchaytirishda u katta hajmdagi ishni bajaryapti.  

“Ha, asosan ikkinchi bo‘limda maydonga tushyapman. Balki siz aytgandek, shundaydir. Jamoamning “sehrli tayoqchasi” bo‘lishga harakat qilaman. Hali gol urganim yo‘q, ammo o‘z o‘yinim va gollarim bilan bundan keyin ham “Navbahor”ning g‘alabalariga hissa qo‘shishga harakat qilaman”, - dedi Doniyor.

Yana bir gap: u yozgi transfer oynasi paytida “Navbahor”ga o‘tdi. Ilk bor namanganliklar sharafini himoya qilishga kirishdi. Bosim katta bo‘lgan joyga hamma ham dosh bera olmaydi.

“Bosim yuqori. Lekin men bunday bosimda oldin ham o‘ynaganman. Men uchun bu kabi katta bosimda to‘p surish yoqimli”, - deya fikrini bildirdi, futbolchi.

doniyor1

“Navbahor” yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, o‘z maqsadi sari yurishda davom etyapti. Chempionatda ham, Kubokda ham favorit bo‘lib turibdi. Abdumannopovdan yarim finalda kim bilan to‘qnash kelish haqida so‘raganimizda shunday dedi:

“Yarim finaldagi raqibmi? Buning kimligini ahamiyati yo‘q. Lekin qaysi jamoa bo‘lishidan qat’iy biz bor kuchimiz bilan g‘alaba qozonish uchun to‘p suramiz. Biz maqsadimiz sari jiddiy harakat qilamiz, qolgani Allohdan!”, - deya munosabatini aytdi, Doniyor.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
03/09/2022 13:07
Navbahor Fenalga Nasaf bilan tushsa yahshi bulardi. har qalay. ikkalasini ham muhlislari kup
&
Muhiddin
03/09/2022 11:25
Дониёр яхши ўйнаябди. Лекин кеча 3 та зўр имкониятдан фойдалана олмади. Майли секин секин мослашиб кетади
Шухрат Хусаинов
03/09/2022 12:24
Хисоб 2:22 булганда пидр хакам Яна пенальти олиб берарди
&
Muhiddin
03/09/2022 11:29
Илтимос телеграмдаги пахтачи "Нейтирал"ни йўқотинглар бўлмаса хозир силкасини Навбахор каналига ташлайман хамма ёқни негатив босиб кетади. Оброларингга путур етмасин