
Bundesliga. "Bavariya" safarda ochko yo‘qotdi
Bundesliga 6-turidan o‘rin olgan "Leyptsig" - "Bavariya" bahsi yakunlandi. Unda jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, Openda hamda Lyukeba tomonidan kiritilgan gollar evaziga mezbonlar hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa, Keyn va Sanening gollari evaziga o‘yinda muvozanat tiklandi.
Shu tariqa, myunxenliklar ochkolari sonini 14 taga etkazib oldi va 3-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar