Bundesliga. "Bavariya" yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi

Bundesliganing 20-turida "Bavariya" "Boxum"ni qabul qildi. Unda myunxenliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi va mag‘lubiyatsiz seriyasini 19 taga etkazdi. Nagelsmann shogirdlari so‘nggi bor 17 sentyabrda "Augsburg"ga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lgan edi.

Bellashuvda gollarga Myuller, Koman va Gnabri mualliflik qildi. Mehmonlar gol urishga muvaffaq bo‘lmadi. 

Shu tariqa, "Bavariya" turnir jadvalidagi etakchiligini saqlab qoldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!