Bundesliga. "Borussiya Dortmund" mehmonda yirik hisobda g'alaba qozondi
Bundesliganing 19-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Union Berlin" o‘z uyida "Borussiya Dortmund"ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Dastlab, o‘yning 10-daqiqasida Emre Jan penaltiidan aniq zarba berib, hisobni ochdi. 53-daqiqada esa Shlotterbek oraliq farqni ikkita oshirdi. 84-daqiqada Bayer ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yib, jamoasining yirik hisobda g‘alaba qozonishini ta’minladi.
Shu tariqa, "asalarilar" ochkolarini 42 taga yetkazib oldi va ayni paytda turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.
- Germaniya - Bundesliga
- Joriy Mavsum
Yunion Berlin
Tugadi
0
:
3
24.01.2026 22:30
Borussiya D
- Emre Can 10'
- Nico Schlotterbeck 53'
- Maximilian Beier 84'

Fikrlar