
Bundesliga. Chempionlarga endi chempionat qiziq emas(mi?)
Bundesliga 33-turidan o‘rin olgan "Bavariya" - "Shtutgart" o‘yini nihoyasiga etdi. Unda jamoalar jangovar 2:2 hisobida durang qayd etdi.
Mezbonlarning ikki goli Gnabri va Myuller hisobiga yozib qo‘yildi. Mehmonlar safida gollarga Tomash va Kalayjich mualliflik qildi.
Shu tariqa, "Bavariya"ning ochkolari soni 76 taga etdi. Klub muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirib ulgurgan.
"Shtutgart" hisobida 30 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 16-pog‘onani band etgan.
Fikrlar