Bundesligada futbolchilar maxsus niqoblar taqib o‘ynashi mumkin

  • 24.04.2020 20:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniyada mavsumni davom ettirish bo‘yicha turli variantlarni ko‘rib chiqishda davom etmoqda. SPIEGEL tarqatgan xabarga ko‘ra, Germaniya sog‘liqni saqlash vazirligi chempionatni davom ettirishning 2 ta variantini taklif qilmoqda.

Birinchi variant - mavsum oxirigacha barcha futbolchilar va murabbiylar uchun keng qamrovli karantin tashkil qilish. Gap katta mehmonxona haqida ketyapti.

Ikkinchi variant - og‘iz va burunni niqoblar bilan himoya qilish. Bu oddiy niqoblar emas, bu turdagi niqoblar yuzda sirg‘almasligi kerak bo‘lgan ma’lum bir standartdagi niqoblardir. Bu niqoblarni taqqan futbolchilar unga qo‘llari bilan tegishga majbur bo‘lmasligi lozim. Agar qaysidir futbolchining niqobi tushib ketsa, u holda o‘yin to‘xtatiladi va futbolchiga uni tartibga solishi uchun vaqt beriladi. Futbolchilar niqoblarni har 15 daqiqada, bir-birlaridan 1,5 metr masofa saqlagan holda almashtirishlari talab etiladi. Gol nishonlash paytida har qanday jismoniy teginish sariq kartochka bilan ogohlantiriladi.

Bundan avvalroq, Bundesliga o‘yinlari 9 maydan davom ettirilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!