
«Bunyodkor» - «Metallurg» uchrashuvi TTYMIda ham, "Milliy" stadionda ham bo‘lmaydi. Unda qaysi o‘yingohda o‘tkaziladi?
Ertaga «Metallurg» Superliganing 17-turi doirasida Toshkentda «Bunyodkor» mehmoni bo‘ladi. Xabaringiz bor, «Bunyodkor» uy uchrashuvlarini Toshkent temiryo‘l muhandislari instituti qoshidagi maydonda qabul qilayotgan edi. Xususan, «Metallurg»ga qarshi bahs ham aynan shu o‘yingohda bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik. Ammo kecha mazkur stadion saralash o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ixtiyoriga berilishi, shu bois ta’mirlash ishlari uchun vaqtincha yopilishi bo‘yicha qaror qabul qilindi. Shu munosabat bilan Superliganing 17-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «Metallurg» uchrashuvi «Jar» stadioniga ko‘chirildi. Ertangi bahs «Jar» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin avval belgilanganidek, 17:00da start oladi. Bu haqda "Metallurg" klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi bellashuv bugun «Bunyodkor» akademiyasi maydonida bo‘lib o‘tadi. Bahs 18:00da boshlanadi.
«Bunyodkor» - «Metallurg»
17-tur. 18 avgust. Toshkent. «Jar» stadioni. 17:00
Bosh hakam: Vadim Agishev.
Qanot hakamlari: Temur Gaynullin, Doniyor Saylavov.
Zaxiradagi hakam: Shuhrat Rajabov.
Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘aev.
Komissar: Zohir Akramxonov.
Fikrlar