"Bunyodkor" - 'Paxtakor". Prevyu
O‘zbekistonda eng ko‘p chempionlik unvonlariga ega chiqqan jamoalar chempionatlarda hozirga qadar 26 bor to‘qnash kelishgan. "Sherlar" 9 bellashuvda zafar quchishgan, 8 o‘yinda "Bunyodkor" g‘olib chiqqan. "Paxtakor" raqib darvozasiga 27 gol urib, 26 to‘p o‘tkazib yuborgan. Mehmondagi uchrashuvlarda "Paxtakor" 3 g‘alaba, 3 durang va 7 mag‘lubiyatni qayd etgan. O‘tgan mavsumda dastlab 0:1 hisobida engilgan "Sherlar" ikkinchi bosqichda "Bunyodkor"dan safarda 2:0 hisobida ustun kelishgan.
Jamoalar safida diskvalifikatsiya sababli yo‘qotishlar mavjud emas.
"Bunyodkor" va "Paxtakor" o‘rtasidagi o‘yin 31 mart, yakshanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 17:00da boshlanadi.

Fikrlar