"Bunyodkor" "Arsenal" ustidan g‘alaba qozondi

  • 21 fevral, 23:38
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Antaliyada yig‘in olib borayotgan klublarimizdan biri - "Bunyodkor" ham bugun nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Tecno

Bu safar "Qaldirg‘ochlar"ga Rossiyaning "Arsenal" (Tula) klubi sparring-raqib vazifasini bajardi.

Qiziqarli o‘tgan uchrashuvda "qaldirg‘ochlar" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Temurxo‘ja Abduholiqovning pasidan so‘ng Martin Shroller hisobni ochgan bo‘lsa, Imeda Ashortiya Amir To‘raqulovning to‘p uzatishini golga aylantirdi. Raqib esa bir bor javob qaytardi.

"Bunyodkor": Hamidillo Abdunabiev, Nikolas Malli, Asadbek Rahimjonov, Aleksandr Zevadinov, Itsuki Urata, Odil Hamrobekov, Rasul Yo‘ldoshev, Martin Shroller, Aziz Amonov, Sardor Abdunabiev, Temurxo‘ja Abduxoliqov.

Zaxiradan tushganlar: Najmiddin Normurodov, Shorahim Shorahmedov, Amir To‘raqulov, Marko Bugari, Mirkamol Annamatov, Oybek Shomurodov, Imeda Ashortiya, Farruh Qodirov, Nosir Abdusalomov.

Gollar: Martin Shroller, Imeda Ashortiya.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!