"Bunyodkor" bugun 4 nafar o‘zbekistonlik futbolchisi bor xorij jamoasi bilan o‘ynaydi

  • 16 iyul, 2022, 16:33
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarucm poytaxti Minsk shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan «Bunyodkor» bugun ilk sinov-nazorat o‘yinida maydonga tushadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Raqib barchamizga tanish, Belarus chempionati peshqadamlaridan biri – «Energetik BGU». Ma’lumki, Pavel Rodnyonok murabbiyligidagi raqib safida to‘rt nafar o‘zbekistonlik to‘p tepadi. Bular - Shohruh Abdurahmonov, Bobir Abdixoliqov, Abduqodir Xusanov va Abbos Jumaqulov. Ahamiyatlisi, Abduqodir Xusanov bilan Abbos Jumaqulovning O‘zbekistondagi so‘nggi jamoasi «Bunyodkor». Xusanov "Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi.

«Energetik BGU» mavsumni ko‘tarinki ruhda o‘tkazmoqda. Ortda qolgan 14 ta turning 8 tasida g‘alaba qozonib, 2 ta bahsda durang o‘ynagan Pavel Petrovich shogirdlari 28 ta ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa hujumchisi o‘zbekistonlik Bobir Abdixoliqov esa nafaqat «Energetik BGU»ni, balki chempionat to‘purari ham hisoblanadi. Uning hisobida 14 ta gol bor.

1995 yil tashkil topgan «Energetik BGU» Belarus oliy ligasida 2019 yilga kelib «paydo» bo‘ldi. Uzoq yillar quyi ligalarda ishtirok etgan jamoa oliy ligadagi ilk mavsumini 12-o‘rinda yakunladi. 2020 yilgi mavsum esa jamoa ikki pog‘ona yuqoriladi – 10-o‘rin. Ammo toshkentliklarning bugungi raqibi uchun 2021 yilgi mavsum omadsiz keldi. «Energetik BGU» finishga 13-o‘rinda etib keldi. Lekin ta’kidlaganimizdek, Pavel Rodnyonok jamoasi 2022 yilgi mavsumni ajoyib ruhda o‘tkazmoqda.

Bugungi bahs «Minsk» sport majmuasida o‘tkaziladi. O‘yin mahalliy vaqt bilan 15:00 da (Toshkent vaqti bilan 17:00) start oladi. Uchrashuv «Bunyodkor TV» orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!