"Bunyodkor" ikkinchi davraga xorijda tayyorlanadi va 4 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
«Bunyodkor» mavsumlar oralig‘ida xorijda yig‘in o‘tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Vadim Abramov murabbiyligidagi «qaldirg‘ochlar» 11 iyul kuni erta tongda Belorus Respublikasiga uchib ketadi. Jamoa 22 iyulga qadar davom etadigan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari vaqtida 4 ta nazorat uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirgan. Hozircha ikkita raqib ma’lum. «Bunyodkor» 15 iyul kuni ayni vaqtda Belorus chempionatining 1-divizionida 34 ochko bilan peshqadam bo‘lib turgan «Smolevichi-STI»ga qarshi maydonga tushsa, oradan ikki kun o‘tib, Premer liga vakili «Energetik-BDU» bilan kuch sinashadi.
Aytish kerak, «Energetik-BDU» Belorus Premer ligasida 14-turdan keyin 11 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar