"Bunyodkor" xorij yig‘inidagi oxirgi 3 ta o‘yindan so‘ng afrikalik futbolchi borasida bir to‘xtamga keladi

  • 18 iyul, 2019, 16:29
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bunyodkor" murabbiylar shtabi yig‘inning oltinchi kunida futbolchilarni ertalab «trenajer zali»da shug‘ullantirgan bo‘lsa, tushdan so‘ng tiklanish uchun sauna va basseynga taklif qilishdi. Bir kun avval o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilgani hisobiga yig‘inning oltinchi kuni biroz engil o‘tdi.

Tecno

Bugun jamoa odatdagidek ikki mahal mashg‘ulot o‘tkazdi. Har ikkala mashg‘ulot ham maydonda olib borildi. Ertalabki mashg‘ulotlarda ham, tushdan keyingi mashg‘ulotning ma’lum qismida ham yigitlarga jismoniy yuklamalar berildi. Asosiy qismida esa odatdagidek to‘p bilan ishlandi. Xursand qiladigan xabar shuki, Islomjon Qobilov bugundan e’tiboran umumiy guruhda shug‘ullanishni boshladi, «Smolevichi»ga qarshi bahsda jarohat olgan Suhrob Izzatov esa, yakka tartibda engil tarzda yugurishga kirishdi.

Jamoa 22 iyul kuni tushdan keyin Toshkentga qaytadi. Rejaga ko‘ra, yig‘inning so‘nggi uch kunida uchta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi. "Qaldirg‘ochlar" 19 iyul kuni BATE jamoasi o‘rinbosarlariga qarshi o‘ynashsa, ertasi kuni Belorus chempionati oliy ligasi vakili «Dnepr» bilan kuch sinashadi. Yig‘in doirasidagi so‘nggi o‘yin Rossiyaning «Smolensk» klubi bilan bo‘ladi. Shu uch o‘yindan so‘ng murabbiylar shtabi ko‘rikda bo‘lib turgan afrikalik hujumchi, vinger Muhammad Diallo borasidagi oxirgi qarorga kelishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Men
18/07/2019 22:48
Olishsa zor bolar menimcha yangi raxbariat kelip hammasi ozgariapti
&
Surxon turon
18/07/2019 18:14
Бунёдкор зӯрку