
"Bunyodkor" yangi futbolchilar bilan shartnoma tuzishda davom etmoqda
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan “Bunyodkor” tarkibini kuchaytirishda davom etadi.
Klub matbuot xizmatining tarqatgan xabariga ko‘ra, kuni kecha yana bir qator futbolchilar bilan shartnoma imzolandi. Xususan, faoliyatining aksar qismini Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi safida o‘tkazgan tajribali yarim himoyachi Sanjar Rashidov endi “qaldirg‘och”ga aylandi.
Farg‘ona viloyati “Hokim Kubogi” musobaqasida o‘zining ishonchli o‘yinlari bilan e’tiborga tushgan qirg‘izistonlik yarim himoyachi Odiljon Abdurahmonov ham “Bunyodkor” a’zosi bo‘ldi. O‘tgan mavsumni jamoa safida o‘tkazgan tojikistonlik markaziy himoyachi Davronjon Ergashev 2021 yilda ham “Bunyodkor” libosida to‘p suradi.
Shuningdek, klub akademiyasi tarbiyalanuvchilarini o‘rinbosarlar safiga qo‘shilish an’anasi ham davom etadi. O‘tgan mavsum Toshkent shahar birinchiligida qatnashgan Murod Otajonov va Ivan Boshkovich murabbiyligidagi “Bunyodkor” jamoalari safida to‘p surgan Ulug‘bek Raimov hamda Sudaysiy Jo‘raboev 2021 yil Abduhamid Qodirov boshchiligidagi o‘rinbosarlar tarkibida o‘ynaydi. Yana bir tarbiyalanuvchi - Islom Karimov esa, “Bunyodkor-2” bilan 1-ligada ishtirok etadi.
MA’LUMOT UChUN
SANJAR RAShIDOV
Tug‘ilgan sanasi: 14.07.1993 yil
Tug‘ilgan joyi: Jizzax shahri
Ampluasi: yarim himoyachi
FAOLIYaTI
2013-2017 yillar “So‘g‘diyona”
2018 yil “Nasaf”
2019-2020 yillar “So‘g‘diyona”
DAVRONJON ERGAShEV
Tug‘ilgan sanasi: 19.03.1988 yil
Tug‘ilgan joyi: Tojikiston, So‘g‘d viloyati
Ampluasi: markaziy himoyachi
FAOLIYaTI
2009 yil “Regar Tadaz” (Tojikiston)
2010-2012 yillar “Istiqlol” (Tojikiston)
2013 yil “Jetisu” (Qozog‘iston)
2014 yil “Gabala” (Ozarbayjon)
2014-2015 yillar “Jetisu” (Qozog‘iston)
2016-2017 yillar “Taraz” (Qozog‘iston)
2018 yil “Istiqlol” (Tojikiston)
2019 yil “Xo‘jand” (Tojikiston)
2020 yildan “Bunyodkor”
2008 yildan beri Tojikiston milliy terma jamoasi a’zosi
ODILJON ABDURAHMONOV
Tug‘ilgan sanasi: 18.03.1996 yil
Tug‘ilgan joyi: Qirg‘iziston, Qizilqiya shahri
Ampluasi: yarim himoyachi
FAOLIYaTI
2014 yil “Aldier” (Qirg‘iziston)
2015-2020 yillar “Alay” (Qirg‘iziston)
2016 yildan Qirg‘iziston milliy terma jamoasi a’zosi
Fikrlar