
“Bunyodkor”da o‘ynagan yulduz Xolandga baho berdi
“Bunyodkor” tarkibida O‘zbekiston chempioni va chempionat to‘purari bo‘lgan Rivaldo “Borussiya” hujumchisi Erling Xoland haqida iliq fikrlarini bildirdi.
- “Barselona” va “Real” qishda bu futbolchini qo‘ldan chiqardi. Kim biladi, balki Erling o‘shanda superklubga o‘tganida bu darajada o‘yin ko‘rsata olarmidi?! “Real”ga o‘tganida aniq zaxirada o‘tirardi. Hozir Madridga boradigan bo‘lsa, asosiy tarkibga da’vogar bo‘ladi. “Borussiya”ga o‘tib to‘g‘ri qilgan. Men uni Ronaldoga o‘xshataman. Ko‘p gol uradi, tezkor va birga bir qolganda raqibni zo‘r aldab o‘tadi. Qo‘rquvi yo‘q. Lekin baribir hozirgi holatini Ronaldo bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. U o‘sishi kerak, - dedi Rivaldo.
Erling joriy mavsumda “Zaltsburg” va “Borussiya” tarkibida 34 ta o‘yinda jami 41 ta gol urdi.
Fikrlar