"Bunyodkor"dan juda qiziq natija, bu tasodifmi yoki...

  • 03.12.2020 18:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Bunyodkor” klubi so‘nggi turni Navoiyda “Qizilqum”ga qarshi o‘tkazib 1:1 hisobida durang qayd etdi. Ushbu natijadan so‘ng, “qaldirg‘ochlar” 43 ochko bilan Superliga mavsumini 4-o‘rinda yakunladilar.

Eng qizig‘i, o‘tgan yili 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan “Bunyodkor”dan ajoyib tasodif yuz berdi. Gap shundaki, “Mavsum-2019” yakunlariga ko‘ra, 26 ta o‘yinda 12 ta g‘alaba va 7 tadan durang hamda mag‘lubiyat qayd etgandi. Bu yil ham jamoa xuddi o‘sha natijani takrorlaganiga nima deysiz?

Yana 26 ta o‘yin, 12 ta g‘alaba, 7 ta durang va 7 mag‘lubiyat! Faqat to‘plar nisbatida biroz farq bor. Ya’ni, o‘tgan mavsumda 37 gol urib, 33 ta o‘tkazgan, bu yil esa 43 ta gol urib, o‘z darvozasidan 36 ta o‘tkazib yubordi. Garchi o‘tgan yilgi natija bu safar ham takrorlangan bo‘lsa-da, ammo “Bunyodkor”ga yana uchinchi o‘rinni egallash nasib qilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!