"Bunyodkor"ning Toshkentdagi yig‘ini boshlandi, raqiblar aniq!

  • 05.02.2021 18:23
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan “Hokim kubogi-2021” musobaqasida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan “Bunyodkor” futbolchilari bir kunlik hordiqdan so‘ng, mashg‘ulotlarga qaytdi.

Marat Miftaxuddinov murabbiyligidagi “qaldirg‘ochlar” bugun ochiq maydonda mashg‘ulot o‘tkazdi va unda barcha o‘yinchilar ishtirok etdi. Ertaga jamoa navbatdagi nazorat uchrashuvlarida maydonga tushadi. 

Quyida “Bunyodkor”ning bir haftalik rejasidan o‘rin olgan o‘rtoqlik uchrashuvlari bilan tanishishingiz mumkin. Nazorat o‘yinlarining barchasi “Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida o‘tkaziladi.

O‘rtoqlik uchrashuvlari

6 fevral (shanba)

12:00 “Bunyodkor” – “Yangier”

14:00 “Bunyodkor” – “Dinamo”

8 fevral (dushanba)

12:00 “Bunyodkor” – “Mash’al”

13 fevral (shanba)

12:00 “Bunyodkor” – “Neftchi”

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!