
Buskets "Barselona"ning guruh mashg‘ulotlariga qaytdi
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets jarohatidan forig‘ bo‘ldi va kataloniyaliklarning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi. Bu haqda jurnalist Jerar Romero ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qildi.
Ispaniyalik yarim himoyachi to‘pig‘idan olgan jarohati tufayli "Barselona"ning so‘nggi 3 ta o‘yinini o‘tkazib yuborgandi. Futbolchi ertaga Ispaniya chempionati doirasida bo‘lib o‘tadigan "Kadis"ga qarshi navbatdagi o‘yinda ishtirok etmaydi. Biroq "Old Trafford"da "Manchester Yunayted"ga qarshi Evropa ligasi 1/16 final bosqichi javob o‘yinida maydonga qaytadi.
Ma’lumot uchun, Buskets hali ham kelajagi borasida bir qarorga kelmagan. Yarim himoyachining "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnomasi yozda tugaydi, ammo Serxio hali shartnomani uzaytirish to‘g‘risida bir qarorga kelmagan.
Fikrlar