Busketsda koronavirus aniqlandi, Ispaniya terma jamoasiga yana 4 ta futbolchi chaqirildi

  • 08.06.2021 08:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Ispaniya qirollik futbol federaciyasining rasmiy sayti milliy terma jamoaga 4 ta yangi futbolchi chaqirilganini e’lon qildi.

Bular Rodrigo Moreno ("Lids"), Pablo Fornals ("Vest Xem"), Brais Mendes ("Selta") va Karlos Soler ("Valensiya"). Bundan avvalroq terma jamoa sardori Serxio Busketsda koronavirus aniqlangan edi.

Ushbu futbolchilar jamoaning qolgan qismidan alohida parallel ravishda mashq qilishadi. Ularning “Evro-2020”dagi ishtiroki masalasi keyinchalik terma jamoadagi kadrlar ehtiyojiga qarab ko‘rib chiqiladi.

Luis Enrike boshchiligidagi Ispaniya terma jamoasi “Evro-2020”ning “E” guruhidan joy olgan. Ular bu guruhda Shvetsiya (14 iyun), Polsha (19 iyun) va Slovakiya (23 iyun) terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!