Butrageno: Varan bilan sodir bo‘lgan vaziyatda VAR aralashmagani g‘alati bo‘ldi

"Real" klubining direktori Emilio Butrageno La Liga doirasida kechgan "Barselona" (0:0) ga qarshi uchrashuvning munozarali vaziyatlariga to‘xtalib o‘tdi.

Vaziyatlarning birida "Real" futbolchilari bellashuv bosh xakamidan Kleman Langle Rafael Varanga nisbatan qo‘pollik ishlatganini aytib, penalti talab qilishgandi.

"Biz VAR tarafdori ekanligimizni bilasiz. Texnologiya xakamga yordam berishi kerak. Axir xakam barcha vaziyatni o‘zi ko‘ra olmaydiku. Shuning uchun ham VAR ishlamoqda. U shubhali xatolar paytida ishga tushirilishi kerak. Varan bilan sodir bo‘lgan vaziyatda VAR aralashmagani g‘alati bo‘ldi.

Xakam 2 ta yaqqol jarima zarbasini ko‘rmay qoldi. Tushunish qiyin bo‘layotgani, nima uchunmana shunday vaziyatlarda VAR ishga tushirilmadi? Aynan mana shu omillar barchani chalkashtirib yuboradi," - dedi Butrageno.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!