
Butun Amerika qit’asidagi futbolchilar Messiga havas qilyapti
Braziliyaning O Tempo nashri Shimoliy va Janubiy Amerika mamlakatlari chempionatlarida o‘ynayotgan futbolchilarning yillik maoshlari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Amerika qit’asida eng katta maosh olayotgan futbolchi nomiga Lionel Messi sazovor bo‘ldi.
“Inter Mayami” jamoasi argentinalik yulduzga har mavsum uchun 20,4 million dollar to‘lashi belgilangan.
Evropadan Amerika qit’asiga ko‘chib o‘tgan Lorentso Insinening ham topish-tutishi yomon emas. Kanadaning “Toronto” jamoasi italiyalik hujumchiga yiliga 15,4 million evro to‘layapti.
Shveytsariyalik yarim himoyachi Jerdan Shakiri “Chikago Fayr” jamoasida yillik 8,1 million dollar evaziga to‘p tepmoqda.
Fikrlar