
Butunjahon armiya o‘yinlari. Jo‘rabek Karimov va Sergey Fomin g‘alaba qozondi
Xitoyning Uxan shahrida Butunjahon armiya o‘yinlari davom etmoqda. Ushbu musobaqada bugun 2 nafar tennischimiz o‘z yurishlarini boshlashdi.
Jo‘rabek Karimovga xitoylik Jao Jing raqiblik qildi. E’tiborli tomoni hamyurtimiz 6:2, 6:3 hisobida zafar quchib, chorak finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shu qatorda, yana bir yurtdoshimiz Sergey Fominga hindistonlik Singh Dalvuinder raqib bo‘ldi. Fomin 7:5, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, ikkala tennischimiz ham chorak finaldagi yurishlarini 24 oktyabr kuni davom ettirishadi.
Fikrlar