
BUUUUM! Saudiya klublari shov-shuvli transferlarga hozirlik ko‘ryapti
Saudiya Arabistoni klublari yozda shov-shuvli transferlarga qo‘l urishi mumkin. Bu haqda jurnalist Rudi Galetti xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Saudiya Arabistoni Sport Vazirligi klublarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda. Ular Saudiya Arabistoni Superligasi brendini ko‘tarish maqsadida bir qator yulduzlar bilan shartnoma imzolash niyatida. Hozircha Messi va Modrich ularning nishonida bo‘lib turibdi.
Avvalroq, Messi PSJ bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emasligi haqida xabarlar chiqayotgandi. Shuningdek, Modrich ham "Real"da asosiy rol kafolatlanmasa, "qirollik klubi"ni tark etishi mumkinligi aytilgndi.
Fikrlar