
"Buxoro" Antaliyadagi o‘rtoqlik uchrashuvida g‘alaba qozondi
Ulug‘bek Baqoev boshchiligidagi "Buxoro" klubi bugun Antaliya yig‘inidagi yana bir o‘rtoqlik uchrashuvini Qozog‘istonning "Elimay" jamoasiga qarshi o‘tkazdi.
Qiziqarli o‘tgan uchrashuvda "Buxoro" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Zaxiradan maydonga tushirilgan Frane Ikich 60-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tgach, Asilbek Qayumov jamoasining ikkinchi golini urdi va yakunda 2:0 hisobi saqlanib qoldi.
"Buxoro"ning asosiy tarkibi: Otabek Boymurodov, Iosip Tomashevich, Shaxboz Jo‘rabekov, Marko Kolakovich, Sardor Qulmatov, Bilol Tupliev, Javohir Ro‘ziev, Muhammad-Safo Fozilov, Dominik Begich, Shoxruz Norxonov, Muhammad Yo‘ldoshev.
Fikrlar