"Buxoro" "Navbahor" hujumchisini olib kelmoqchi

  • 30.06.2023 19:07
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol

Norxonov Superliganing boshqa klubiga yo‘l olmoqda.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Buxoroning "Buxoro" klubi yozgi transfer oynasi ochilishi bilan o‘z safini kuchli hujumchi bilan to‘ldirmoqchi.
Ma’lumotlarimizga qaraganda, Ulug‘bek Baqoev jamoai "Navbahor" forvardi - Shohruz Norxonov bilan muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, Igor Sergeev varianti ham ko‘rib chiqilmoqda.
Agar tomonlar kelishuvga erishsa, katta ehtimol bilan Namanganda o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotgan Shohruz Norxonov mavsumning qolgan qismini "Buxoro"da o‘tkazadi. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!