
"Buxoro" qachon o‘z maydoniga qaytadi?
Pro ligada qatnashayotgan “Buxoro” klubi anchadan beri o‘zining uy stadionidan foydalana olmay kelayotganini bilasiz.
Jamoa qachon muxlislari qarshisida o‘z maydonida o‘yinlarini o‘tkazadi? Aftidan, klub matbuot xizmatining bu boradagi xabari klub ishqibozlariga biroz taskin beradiganga o‘xshaydi.
Ma’lum bo‘lishicha, “Buxoro” futbol klubini rivojlantirish viloyat kengashi tashabbusi bilan jamoaning uy stadioni chimi kelasi mavsum oldidan butkul yanglinadi.
Rejaga ko‘ra, stadionga tayyor chim keltirib yotqiziladi. Hozirgi vaqtda maydondagi ishlar boshlangan bo‘lib, ular reja asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Fikrlar