
"Buxoro" stadionining holati qanday? Maydon qachon tayyor bo‘ladi? (Foto)
Buxoro sport majmuasi stadionida ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmatining telegram kanali xabar berdi.
Ayni paytda mutaxassislar o‘yingoh drenaj quvurlarini yotqizish hamda sheben tuproq bilan qo‘shilib ketmasligi uchun maxsus giotekstil materiali bilan qoplash ishlari bilan band.
PFL bayrog‘i ostida o‘tkaziladigan Superliga uchrashuvlari bo‘lib o‘tadigan o‘yingohlar uchun belgilangan talablarga muvofiq olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari joriy yilgi Navro‘z bayramiga qadar yakunlanishi ko‘zda tutilgan.
Fikrlar