"Buxoro" Turkiyada Rossiya jamoasidan ustun keldi
Turkiyaning Antaliya shahrida shug‘ullanayotgan “Buxoro” klubi bugun Rossiya klubi “Akron”ga qarshi maydonga tushdi. Unda hamyurtlarimiz 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Avvaliga Ro‘zim Ahmedov 8-daqiqada penaltidan hisobni ochdi. 38-daqiqada Rustam Abduhamidov hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. 53-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda Ponse penaltidan unumli foydalanib, hisobni qisqartirdi. 2:1 hisobi o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmay qoldi.
Bundan oldingi o‘yinda "Buxoro" Qozog‘istonning "Astana" jamoasiga 1:3 hisobida engilgandi.
Fikrlar