"Buxoro"ning sobiq murabbiylari bilan bo‘layotgan mojaro, futbolchilarning ketib qolishi va 593 mln so‘mlik maoshlar bo‘yicha klub Usmon Toshevni ayblamoqda

  • 26 fevral, 2022, 16:30
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun "Buxoro" klubi matbuot xizmati tomonidan "Asli Buxorolik "nomdor" mutaxassis, Buxoro futbolini ko‘tarish uchun kelganmidi, yoki aksinchami?!" nomli material chop etildi. Unda klubning sobiq murabbiyi Usmon Toshev bilan yuz bergan holat bo‘yicha ma’lumot berildi. Quyida ushbu materialni to‘laligicha havola qilamiz.

Tecno

photo_2022-02-26_13-24-08

- Xabaringiz bor, o‘tgan yilning may oyida Usmon Toshev "Buxoro" klubi bosh direktorligida ish boshlagan edi, so‘ngra jamoa bosh murabbiyligini qabul qildi. Klub bosh murabbiyiga oylik maosh 85 000 000 so‘m qilib belgilanadi. Ha, siz to‘g‘ri o‘qidingiz sakson besh million so‘m! Adashmasak Superligadagi ba’zi top klublar bosh murabbiylariga ham buncha katta oylik maosh berilmasa kerak. Holbuki, janob Toshevning "Buxoro" futbol klubining katta qarzdorligidan xabari bor edi. Murabbiyning SPORTS.uz nashriga bergan intervyusida aytgan gapini eslatishni joiz topdik: "Men pulga e’tibor qilmayman" (Intervyuning 28:55 daqiqasi)". Izohga hojat yo‘q, bizningcha.

5dd901f136c22bf4cf8c7

Chapdan: Alisher Tuychiev, Usmon Toshev va Daler Kayosov

Klubga birinchi navbatda, Baxtiyor Dadamatov texnik direktor lavozimiga taklif qilinadi va oylik maoshi 17 million so‘m qilib belgilanadi hamda besh yillik shartnoma. So‘ngra Toshev bilan birga Tojikiston terma jamoasida ishlab kelgan murabbiy Daler Kayosov va darvozabonlar murabbiyi Alisher Tuychiev jamoaga taklif qilinadi. Har ikkala murabbiyga besh yillik shartnoma va 11 200 000 so‘m oylik maosh belgilanadi. Hozirda ushbu mutaxassislar bilan ro‘y berayotgan nizoli vaziyatlar, klub moliyaviy ahvolini yanada nochor ahvolga tushirmoqda. Nahotki, Buxoro futbolini ko‘tarmoqchi bo‘lgan Usmon Toshev shaxsan o‘zi taklif qilgan ushbu mutaxassislar bilan kelishuvga erishishga ko‘mak bermasa, klub yana botqoqga botaveradimi? Har qanday murabbiy kelib ishlamagan oylari uchun ham xohlagan summasini olib ketaveradimi?! Dadamatov hamda Kayosovga jami 255 million so‘m to‘lab berildi. Bu pullar evaziga klub tizimida ishlab kelayotgan ishchi, qorovul, haydovchi va boshqalarning maoshlarini to‘lab berish mumkin edi. Tojikistonlik legioner futbolchi Toxir Maladustov "Buxoro" safida besh uchrashuvda jami 136 daqiqa harakat qildi. Yakunda unga ham klubga nisbatan e’tiroz bildirmasligi uchun 55 million so‘m to‘lab berildi. Ular bilan kelishuvga erishish uchun hozirgi rahbariyat o‘z cho‘ntagidan xarajat qilib, Tojikistonga borib kelishiga to‘g‘ri keldi. Ammo Alisher Tuychiev mutasaddilarning Dushanbe shahriga borishlariga qaramasdan, muzokora o‘tkazishdan bosh tortib uchrashuvga kelmadi. Murabbiy "Buxoro"dan FIFA orqali murojaat qilib, jami 593 million so‘m pul talab qilmoqda. Bu summa ichida 2025 yil yakuniga qadar oylik maoshlar hisoblangan. Shu joyda savol tug‘iladi, o‘zi bu murabbiylar bizga kerakmidi?! Yoki Tojikiston futboli bizdan ilgarilab ketib, Evropa futboliga yaqinlashganmi? Biz Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdikmi? Yo‘q, yo‘q va yana yo‘q! Bizga faqat muammo ustiga muammo qo‘shildi xolos. Va yana Usmon Toshevning bergan intervyusiga qaytamiz: "Har kim o‘zining qilmishiga, har kim o‘zini gapirganiga javob beradi" (15:59 daqiqa).

Darvozabon Raxat Japarov bilan bo‘lgan masalada bosh direktor Usmon Toshev tomonidan berilgan kafolat xatda 10 iyulgacha qarzdorlik to‘lab berilishi ko‘rsatilgan edi. Vaholanki, Toshev klub buxgalteriyasidan va jamoa ta’sischisi BNQIZ (Buxoro neftni qayta ishlash zavodi)ning jamoaga qachon mablag‘ ajratishidan xabardor edi. Ya’ni futbolchiga vaqtida pul to‘lab berilmasligi ehtimoli yuqoriligini Toshev bilar edi. Shunday bo‘ldi ham Japarov yil yakuniga qadar oylik maosh va mukofot pullariga hech qanday mashaqqatsiz ega chiqdi. Klub darvozabonga 116 million so‘m to‘lab berdi. Ba’zi bir futbolchilar bilan 5 yillik shartnomalar antiqa tarzda tuzildi. Unga ko‘ra, Usmon Toshev "Buxoro" bosh murabbiyligini tark etsa, ushbu futbolchilar avtomatik tarzda erkin agentga aylanardi. Yakunda iqtidorli futbolchimiz Behruz Shodmonov klubni tark etdi. Ushbu shartnomalar tuzishda klub manfaati umuman o‘ylanmagan.

Qashqadaryo ahli yaxshi eslashadi, bir paytlari Usmon Toshev "Nasaf" klubida ishlab u erda ham shubhali harakatlar qilgani uchun rahbariyat tomonidan tezda ishdan bo‘shatilgan edi. "Andijon" jamoasida ham ishlab o‘zidan yaxshi nom qoldirib ketmadi. Endi bir savol tug‘iladi! Shuncha ishlarga qaramay unga yanada mas’ulyatli vazifa - O‘zbekiston futbol Assotsiatsyasi terma jamoalar bo‘limida ishonch bildirish qanchalik o‘rinli, deb o‘ylaysiz?

Bugungi kunga kelib “Buxoro” klubi muammolar girdobida bo‘lishiga qaramasdan hozirgi rahbariyat bosh direktor O‘tkir Qodirov boshchiligida tinim bilmay ushbu muammolarni bartaraf etish uchun astoydil harakat qilishmoqda. Buxoro viloyat hokimligi hamda klubning yagona ta’sischisi "Buxoro BNQIZ" rahbariyati ko‘magida nizoli masalalar o‘z echimini topib bormoqda. O‘tgan mavsum qarzdorlikning deyarli 80 foizi to‘landi. Yangi mavsumga futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni deyarli o‘tkazib bo‘lindi. Shu fursatdan foydananib, Buxoro viloyati hokimi Zaripov Botir Komilovichga, "Buxoro BNQIZ" MChJ direktori Fozilov Akbar Alisherovichga hamda "Buxoro" futbol klubi rahbariyatiga alohida minnatdorchilik bildirib qolamiz. Ularning "Buxoro" futbol klubini rijovlantirish yo‘lida qilanayotgan say-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz hamda ushbu ishda ularga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Buxoroga siz sog‘ingan KATTA FUTBOL qaytishiga oz fursat qoldi azizlar! Maqsad bitta. Viloyatimiz bosh jamoasini elitaga qaytarish. Har qanday vaziyatda ham bizni yolg‘izlatib qo‘ymaysiz, degan umiddamiz! - deyilgan klub matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan materialda.

photo_2022-02-26_14-50-28

Ma’lumot o‘rnida, 2021 yil iyun oyida Tojikiston terma jamoasidan ketdi. Bir oydan keyin "Buxoro" klubi bosh murabbiyiga aylandi. 9 sentyabrda "Buxoro" klubining nomi "Nurafshon"ga o‘zgartirilgani e’lon qilindi. Oktyabr oyida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining terma jamoalar bo‘limida ish boshladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dostonjon
22/03/2022 18:19
Bu hodisalardan club hulosa chiqarishi kerak va bunaqangi odamlarni yaqinlashtirmasligi kerak intervyusida nima degan boʻlsa qilgan ishlariga qarab bu odamni qanaqaligini bilib olish qiyin emas. Buxoro endi faqat oldinga! Buxoro nomi nurafshonga ham oʻzgartirildi. Bu bilan Buxoro endi zoʻr boʻladi degan fikirni quyish edi, niyatiga yetdi! Menimcha Buxoroni oʻz nomi oʻz logotipi hammasi joyida unga oʻzgartirish kiritishni keragi yoʻq!!!!! Hurmatli Usmon Toshev!!
Bek lets play
27/02/2022 03:14
Toji babir tojide isqirt
&
grossmeester@mail.ru
26/02/2022 17:31
бухорада нималар булаяпти узи бу тошев деганлирини зудлик билан УФА дан кетказишни талаб киламан.бухорони боткокга ботирган инсон УФА ни хам балчикга ботиради .бошида УФА га келгани менга ёкмаган эди. ойликни каранглар бунча пул ПРО-ЛИГА булса клуб огир вазиятда максад клубни тиклашми ёки клубдан янаям купрок шилишми? халкингни севсанг футболимизни севсанг заррача хурмат килсанг текинга ишламайсанми кунгилли булиб ватанни севмайсанми? бегонани пули эмаску узимизни миллатимизни пуллари! нима пул узидан узи осмондан тушадими бу пуллар канча ишлар килса буларди миллатимизни пуллари . бу тожик биродаримизга нима деймиз бизда пул ошиб тошиб ётибдими нима хаккинг бор бизни шилишга. яна кушни булсанг бизга тожикларниям шиладиганлар топилиб колар.минг афсус.