Buyuk futbolchi va afsuski, boshqa urmaydigan buyuk yurak!

  • 27 noyabr, 2020, 19:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Diego Maradonani doim Pele bilan taqqoslashgan. Aslida, ularni solishtirib bo‘lmaydi. Ikkalasi ham ajoyib futbolchi bo‘lgan. Pele 17 yoshidayoq o‘z iste’dodini namoyish eta olgan, haqiqiy jentelmen edi. Maradonani janjalkashligi va qo‘l bilan gol urishda ayblashardi, ammo u shoumen edi. Diegoni 17 yoshida jahon chempionatiga olishmagan. O‘shanda, Argentina o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan mundialda chempion bo‘lgandi.

Tecno

Endi 42 yil o‘tgach, butun dunyo uni yaxshi biladi. 1978 yilda terma jamoa bilan zafar quchgan Daniel Passarella va Mario Kempes haqida mamlakatdan tashqaridagilar va futbol tarixini unchalik bilmaydiganlar hamon Wikipedia rukniga murojaat qiladi. Odamlar o‘sha chempionatda muvaffaqiyat qozonganlarni eslashmaydi-yu, ammo Maradona bormaganligini yodda saqlashadi. "1978 yilda Maradonani olmagan Argentina jahon chempionatiga mezbonlik qildi," - yozuvlari futbol tarixiga muhrlanib qolgan.

80-yillarning o‘rtalarida Maradona "Napoli" a’zosiga aylandi va neapolliklar argentinalik futbolchi bilan ikkita skudettoni qo‘lga kiritdi. Italiyaning ushbu shahari Diego uchun idealdek edi. Chunki, bu erda har xil bezoriliklarga boy hudud hisoblanadi.

U 1986 yilda terma jamoaning jahon chempioni bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etdi. Argentina Maradonasiz ancha kuchsiz va himoyaga tayanib o‘ynaydigan jamoa bo‘lishi mumkin edi, ammo Diego bu jamoadan "ertak" yaratdi. O‘sha davrda futbol olamida inglizlardan baland ovoz ko‘taradigan, tajovuzkorroq va bosim o‘tkazishda ustunroq jamoaning o‘zi yo‘q edi. Maradona aynan, shu injiq Angliya termasi darvozasini ikki marta ishg‘ol etdi va ushbu gollarning birini qo‘li bilan kiritdi. Uchrashuv yakuniga etgach, "Atsteka" stadionining markaziga quyosh nuri tushib turardi va shunda sharhlovchi o‘ziga xos ibora keltirgan: "Arenada ikkita quyosh nuri aks etmoqda. Biri maydon markazidagi yorug‘lik, ikkinchisi Maradona!"

1994 yilda Diego JChdan chetlashtirildi. Bunga sabab sifatida uni doping qabul qilganligi ko‘rsatildi. Ammo argentinalik futbolchining o‘zi hech qanday dori vositasini qabul qilmagani va bu braziliyaliklarning ishlatgan hiylasi ekanini ta’kidladi. Doping uning tanasiga qanday kirib qolganligini hech kimga tushuntirishni ham istamadi. U shunchaki maydonga tushib, shou namoyish etishni xohlardi.

Maradona futbolni tanlagani, bu sport olamining katta muvaffaqiyati, desak ham bo‘ladi. Ammo u futboldan ketganidan keyin ham shou ko‘rsatishdan to‘xtab qolmadi.

Kusturitsa filmida o‘ziga-o‘zi qo‘shiq kuylab, ushbu kinoni shouga aylantirdi, 2010 yilgi JChda murabbiylik qildi va muvaffaqiyatsizlikka uchraganiga qaramay, diqqat markazida bo‘ldi. "Men futbolchilarga yuragimni ochdim va biz birgalikda yig‘ladik". U Argentina va Xorvatiya o‘rtasida kechgan dastlabki bellashuvdan boshlab, shou ko‘rsatdi. Butun dunyoga maydondagi futbolchilardan ko‘ra, Maradona qiziqroq bo‘lib turgandi.

Ehtimol, uni Manu Chao hammadan ko‘proq tushungandir. "Agar men Maradonaning o‘rnida bo‘lganimda, u kabi yashagan bo‘lardim, chunki hayot - kechayu-kunduz "lotoreya," - degan Manu Chao.

Maradona umr xuddi "lotoreya"ga o‘xshashini bilardi. Diego o‘ynadi va deyarli har doim g‘alabaga erishdi. Buyuk futbolchi va afsuski, boshqa urmaydigan buyuk yurak!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!