"CAFA Nations Cup 2025". 2-turdan so‘ng guruhimizda kim etakchi?

  • 3 sentabr, 02:00
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "CAFA Nations Cup 2025" turniri A guruhining 2-tur bellashuvlari ham bo‘lib o‘tdi. 
 
Dastlab, Karlush Keyrush boshqaruvidagi O‘mon terma jamoasi birinchi turda O‘zbekiston bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkan edi. Navbatdagi turda esa Qirg‘iz Respublikasini 2:1 hisobida taslim etdi. 
 
Timur Kapadze boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoamiz esa "Olimpik" stadionida bu gal Turkmanistonni qabul qilib, xuddi O‘mon kabi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. "Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeevning 2 goliga Didar Durdiev bir marta penaltidan unumli foydalanib, javob berdi. 
 
Ushbu to‘qnashuvlardan so‘ng guruhimizdagi holat bilan tanishing!

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!