Chalxanoglu Bundesligaga ko‘chib o‘tmoqchi

  • 22.06.2024 06:35
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Inter" a’zosi Xakan Chalxanoglu faoliyatini Bundesliganing "Bavariya" jamoasida davom ettirishni istamoqda, deya xabar berdi turkiyalik insayder Yagiz Sabunjuoglu. 

Ma’lum bo‘lishicha, yarim himoyachi myunxenliklar bilan muzokaralarni boshlagan. Ammo milanliklarga taklif jo‘natilmadi. 

30 yoshli futbolchining klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. Uning transfer narxi esa 45 million evroga teng bo‘lib turibdi. 

Hakan Çalhanoğlu (@hakanc10) / X

Germaniyalik jurnalist Kristian Falkning so‘zlariga ko‘ra, "Bavariya" ayni paytda "Fulxem"dan Joau Palinyani sotib olish ustida ishlamoqda, lekin londonliklar bilan kelishish qiyin bo‘lyapti. Shu sababli, nemislar tez orada so‘nggi taklifni yuboradi va rad javobini olsa, bu transferdan voz kechadi. Portugaliyalik yarim himoyachiga  alternativ variant sifatida Chalxanoglu ko‘rilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!