
Chalxanoglu ertaga yangi jamoasi bilan shartnoma imzolaydi
Turkiya terma jamoasi yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu faoliyatini "Inter"da davom ettirishini aytdi.
“Ertaga Milanga uchaman va shartnoma imzolayman. "Inter" bilan kelishuvga erishdik”, - dedi Chalxanoglu.
Xakanning “Milan” bilan amaldagi shartnomasi yakunlandi va shu sababli u “neradzurrilar” safiga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi.
Chalxanoglu o‘tgan mavsum “Milan” safida A Seriyada 33 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda 4 ta gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar