Chalxanoglu faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

  • 18 may, 2019, 23:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Lester" klubi "Milan" yarim himoyachisi Xakan Chalxanogluning xizmatlariga jiddiy qiziqib qoldi.

La Gazetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ingliz klubi skautlari turkiyalik futbolchining o‘yinlarini kuzatish uchun ertaga bo‘lib o‘tadigan "Milan" hamda "Frozinone" uchrashuviga tashrif buyurishadi.

Eslatib o‘tamiz, "rossonerilar"  Chalxanogluni 2017 yil “Bayer”dan 21,3 mln evroga xarid qilishgan edi. Ayni damda esa Transfermarkt portali uni 22,5 mln evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!