Charlz Oliveyra: "Aleks Perreyra Jon Jonsga zarba bera olsa, uni nokaut qiladi"
Braziliyalik UFC yulduzi Charlz Oliveyra og‘ir vazn afsonasi Jon Jons va yarim og‘ir vazn chempioni Aleks Perreyra o‘rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Jon Jons haqida gapirish men uchun qiyin, chunki har doim uning muxlisi bo‘lganman. Kareramni endi boshlaganimda ham, muvaffaqiyatga erishganimda ham u hali birinchi o‘rinda edi. Men unga juda katta hurmat bilan qarayman va chin dildan qoyil qolaman. Biroq agar u Perreyra bilan to‘qnash kelganida, vatandoshimga muxlislik qilardim. Ishonchim komil: Aleks unga zarba bera olsa, Jons nokaut bo‘ladi", - dedi Charlz.
Eslatib o‘tamiz, Oliveyra 12 oktyabr kuni "UFC Rio" turnirida Mateush Gamrotga qarshi oktagonga ko‘tariladi.



Fikrlar