Charlz Oliveyra: “Iliya Topuriya yanvarda jang qiladi”

  • 10.10.2025 14:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Braziliyalik UFC jangchisi Charlz Oliveyra amaldagi chempion Iliya Topuriyaning keyingi raqibi kim bo‘lishini aytdi.

"Topuriya yanvarda Jastin Getji bilan jang qiladi, deb o‘ylayman. Ammo Arman Tsarukyanni ham unutmaslik kerak. U Den Xukerni engsa, chempionlik uchun oktagonga chiqishi mumkin", — dedi Oliveyra matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Getji "UFC 313" turnirida ozarbayjonlik Rafael Fiziev ustidan hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!