“Chelsi”, “Bavariya” va “Real” chempion futbolchini talashmoqda

  • 02.06.2022 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti”ning Angliya premer-ligasidagi g‘alabasiga munosib hissa qo‘shgan Rahim Sterling yozda boshqa jamoaga o‘tib ketishi mumkin.

Angliyalik hujumkor futbolchining bosh murabbiy Xosep Gvardiola bilan munosabati tez-tez buzilib turadi. Shu bois Sterling kelasi yili yakunlanadigan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti.

Vaziyatni yaqindan kuzatib turgan “Chelsi” hujum chizig‘ini aynan mana shu futbolchi yordamida kuchaytirmoqchi. Tuxel “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardioladan farqli ravishda Sterlingning o‘yini yuqori baholamoqda.

Bundesliga g‘olibi “Bavariya” va Chempionlar ligasida zafar quchgan “Real” ham Rahim Sterlingga o‘z safidan joy berishga tayyor.

27 yoshli hujumkor futbolchi Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatidan oldin o‘ziga doimiy o‘yin amaliyoti beradigan jamoa bilan hamkorlik qilishni istamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!