“Chelsi” Mourinoni dog‘da qoldirmoqchi
“Chelsi” Evropa futbolidagi eng iste’dodli o‘yinchilaridan birini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Aristokratlar” Joze Mourino “Roma”ga taklif qilayotgan Luis Dias uchun kurashga qo‘shildi.
Ayni paytda “Portu” sharafini himoya qilayotgan hujumkor futbolchining transferi 25 million evroga baholanmoqda. Biroq, portugaliyaliklar serqirra o‘yinchi uchun 80 million evro talab qilyapti. Chunki, Luis Diasning shartnomasida belgilab qo‘yilgan badal puli xuddi shu summani tashkil qiladi.
“Chelsi” Luis Dias uchun 70 million evro taklif qilishni rejalashtiryapti. Agar ular rejasini amalga oshircha, “Roma” o‘z o‘zidan kurashdan chiqadi. Chunki rimliklar bu qadar katta summaga o‘yinchi ololmaydi.

Fikrlar
Кўп шошасизлар эйййй....